Bayram unutilmas bo‘ldi

Date:

Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Termiz tumanida ham “Prezident archasi” teatrlashtirilgan Yangi yil bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Termiz tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabi konsertlar zalida tashkil etilgan bayram tadbirida 3–15 yoshdagi ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, 18 yoshgacha bo‘lgan oilaviy bolalar uylari hamda “Muruvvat” uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, Vatan tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi Shuxrat Nazarov bolajonlarni Prezidentimiz nomidan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, mutasaddilar bilan birgalikda 24 turdagi o‘quv qurollari va 34 xil shirinliklardan iborat “Prezident sovg‘alari”ni tantanali ravishda topshirdi. Bayram dasturi davomida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar bolajonlarga unutilmas bayram kayfiyati ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun