Bayramona kayfiyat tuhfa etildi

Date:

Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sherobod tumanida ham “Prezident archasi” doirasidagi teatrlashtirilgan bayram tadbirlari boshlandi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida tumandagi mehrga muhtoj, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 43 nafar bolajonlar uchun quvonch va bayramona kayfiyat tuhfa etildi.

Tadbirda tuman hokimi Usmon Alimov hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, bolalarga Prezidentimiz nomidan tayyorlangan sovg‘alarni tantanali tarzda topshirdilar. Bayram sahnasida bolajonlarning yuzida tabassum, qalbida esa quvonch va ishonch uyg‘otuvchi mehr-muhabbat va e’tibor muhitini yaratish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi. Yakunda yangi yil tilaklari yangradi. Yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, taraqqiyot sari dadil qadam tashlash, insoniylik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat tamoyillarini yanada rivojlantirish bundan buyon ham barchamiz uchun ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun