Xalqaro turnirda g‘olib

Date:

Termiz davlat universiteti jamoasidan yana bir quvonchli xabar. Toshkent viloyatidagi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tgan nufuzli “O‘zbekiston Judo Tour 2025” turnirida universitet talabasi Toshpo‘latov Nizomiddinxo‘ja yuksak mahorat va qat’iyat namoyon etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

73 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan sportchi barcha raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda oltin medal sohibiga aylandi.

Mazkur yutuq Termiz davlat universitetida sportni rivojlantirish, yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va professional mahoratini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning samarasi bo‘lib, universitet jamoasi va talabalarimiz uchun katta faxr hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun