Sertifikatlar topshirildi

Date:

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi, AT “Aloqabank” hamda “Mayoq Academy” nodavlat ta’lim muassasasi hamkorligida tashkil etilgan “SMM AI Savodxon” o‘quv kursining ilk bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur o‘quv kursi yoshlarning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni raqamli sohada faol bo‘lishga undash, shuningdek, SMM (Social Media Marketing) va sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Olti haftalik o‘quv jarayoni davomida tinglovchilar ijtimoiy tarmoqlarda marketing yuritish, sifatli kontent yaratish, auditoriya bilan samarali ishlash hamda sun’iy intellekt yordamida kreativ va raqamli mahsulotlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Ayni paytda “SMM AI Savodxon” o‘quv kursining ikkinchi mavsumi ham faol davom etmoqda. Loyiha doirasida navbatdagi guruh uchun darslar onlayn video formatda olib borilmoqda, har hafta oflayn amaliy master-klasslar tashkil etiladi. E’tiborli jihati — o‘quv kursi mutlaqo bepul.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun