“Prezident sovg‘asi” Surxondaryoga yetib keldi

Date:

Yangi yil bayrami arafasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida e’tibor qaratish, bolajonlarni quvonchga to‘ldirish maqsadida har yili an’anaviy ravishda “Prezident sovg‘asi” topshirib kelinmoqda.

Bolalarning eng sevimli bayrami — Yangi yil munosabati bilan mo‘ljallangan mazkur bayram sovg‘alari Surxondaryo viloyatiga ham yetib keldi. Ushbu sovg‘alar muruvvat va oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, chin yetimlar hamda yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga “Prezident archasi” bayram tadbirlari doirasida tantanali ravishda topshiriladi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 894 dona “Prezident sovg‘asi” bolajonlarga yetkaziladi. Bayram sovg‘alari 24 turdagi o‘quv qurollari hamda 34 xil shirinlikdan iborat bo‘lib, ular bolalar uchun chin ma’noda yangi yil quvonchi va e’tibor ifodasi hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanining chegaraoldi hududlarida Navro‘z bayrami arafasida aholi o‘rtasida...

Moliyaviy xatarlardan ogohlantiriladi

O‘zbekistonda kredit va mikroqarz reklamalariga yangi talab joriy etilishi...

Shaffoflikni ta’minlash uchun

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk hamda ayrim transport...

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....
KunTun
KunTun