Sug‘diyona munosib kutib olindi

Date:

Dubay–2025 Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari doirasida bo‘lib o‘tgan para taekvondo musobaqalarida Muzrabot tumanidan chiqqan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sug‘diyona Normo‘minova (+65 kg) oltin medalni qo‘lga kiritib, yurtimiz sha’nini munosib himoya qildi.

Sug‘diyona Normo‘minova avval ham o‘z vazn toifasida bir necha bor O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Joriy yilning 25-iyul – 1-avgust kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada ham yuqori natija qayd etib, faxrli uchinchi o‘rinni egallagan edi. Ayni paytda u Surxondaryo viloyati Para Olimpiya tayyorlov markazi talabasi hisoblanadi.

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov Sug‘diyona Normo‘minova hamda uning oila a’zolari bilan tuman hokimligida uchrashib, sportchining yuksak yutug‘i bilan samimiy tabrikladi va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Sug‘diyona Normo‘minovaning ushbu g‘alabasi nafaqat Muzrabot tumani, balki butun Surxondaryo va O‘zbekiston sporti uchun katta faxrdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun