30 nafar ishsizning bandligi ta’minlanadi

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan farmatsevtika sohasidagi investitsion loyihalar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston–Hindiston qo‘shma korxonasi bo‘lgan “NOVA PHARM” tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni paytda korxonada dorivor o‘simliklar asosida malham ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 10 million AQSH dollarini tashkil etib, yiliga 2,5 million qadoq mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi hamda 30 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov loyiha bilan tanishib, uni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, 2025-yilda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish yakunlari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan loyihalar yuzasidan Termiz shahar hokimining taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun