Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

Date:

So‘nggi yillarda butun dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy jihatdan rivojanishlarning asosiy kushandasi o‘laroq korrupsion omil xizmat qilmoqda. Ushbu omil dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biriga aylandi. Shuningdek, mazkur illatning kurtak yoyishi inson huquq va erkinliklarining poymol qilinishiga va jamiyatdagi sog‘lom rivojlanish muhitini zararlanishiga olib keladi. Shu sababdan korrupsiya hamda uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashish keng miqyosda xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olmoqda.

Davlat va jamiyat hayotida korrupsiyon harakatlarni keltirib chiqarishga xizmat qiluvchi muhim omillardan biri oylik — mehnatga haq to‘lashning miqdor darajasi bilan bog‘liq. Joriy fakt ko‘pgina mutaxassislar tomonidan tahlil qilingan. Misol uchun shvetsiyalik iqtisotchi olim Assar Lindbeck o‘z tahlillari natijasida Shvetsiya davlatchiligida korrupsion jinoyatlarni keskin kamayishining asl sababini davlat organ hamda tashkilotlaridagi yuqori lavozimli shaxslarning, shuningdek, davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlarining oylik maoshlarini 12-13 baravarga oshirilishi bilan izohlaydi. U o‘z qarashlarida korrupsion harakatlarini keltirib chiqaruvchi asosiy omil sifatida muhtojlik hamda ehtiyojni ilgari suradi.

Haqiqatan ham mazkur omilning ta’siri jamiyat hayotida, ayniqsa, davlat organlari hamda tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarda kuchsiz darajada bo‘lishi korrupsion harakatlar omilini qisqartiradi.                                                                                

Gulnoza Egamnazarova,

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun