Tez tibbiy yordam bo‘limlari yangi binolarda

Date:

Prezidentimizning sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga sifatli va kafolatlangan tibbiy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida sohada qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Respublika Tez tibbiy yordam markazi hamda Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda shifoxonagacha tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” dasturi doirasidagi grant loyihasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazining Surxondaryo viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv-simulyatsiya markazi foydalanishga topshirildi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktorining o‘rinbosari Nozimjon Daliboyev, sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali sakkizta tumanda yangidan barpo etilgan tez tibbiy yordam bo‘limlari binolari hamda viloyat filiali uchun “Ford” rusumidagi to‘rtta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomashinalari foydalanishga topshirildi. Shu bilan birga, hududlarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada raqamlashtirish maqsadida 831 dona kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun