“Gʻurjak-1”da muhim loyiha

Date:

Sherobod tumanining “Gʻurjak-1” mahallasida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan yana bir muhim loyiha — 86-oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi. Zamonaviy talablarga toʻliq javob beradigan ushbu tibbiyot muassasasi mahalla aholisi uchun qulay va sifatli birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlashga xizmat qiladi.

Ramziy qizil lenta tuman hokimi va mahalla nuroniylari tomonidan tantanali ravishda kesilib, zamonaviy tibbiyot maskani rasman ochib berildi.

Mazkur oilaviy poliklinika kelgusida “Gʻurjak-1” mahallasi va unga yaqin hududlarda yashovchi fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatib, aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, kasalliklarning oldini olish va erta tashxis qoʻyishda muhim oʻrin egallashi aniq.

Oldingi sahifaSurxon yoshlari finalda
Keyingi sahifaNuruya g‘olib

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun