Tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi

Date:

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri hamda 15 ta tajriba-sinov tuman (shahar)larida “Elektron retsept” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu yangilik sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, dori vositalaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va aholining salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Dastlabki bosqichda tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy tarzda qo‘llaniladi. Bu esa mazkur dori vositalarining shifokor tavsiyasisiz va nazoratsiz iste’mol qilinishining oldini olishga xizmat qiladi.

“Elektron retsept” tizimi orqali shifokorlar bemorlarga dori vositalarini aniq tashxis va belgilangan davolash rejasi asosida buyuradi, dorixonalar esa faqat elektron retsept asosida dori berish imkoniga ega bo‘ladi. Natijada dorilarni oqilona qo‘llash ta’minlanib, o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilish, noto‘g‘ri davolanish va asoratlar xavfi sezilarli darajada kamayadi.

Mazkur tizimning joriy etilishi aholining tibbiy madaniyatini oshirish, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida shaffoflik va samaradorlikni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun