Mobilografiya maktabi: ilk bitiruvchilar taqdirlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida Mobilografiya maktabining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bepul o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan 50 nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi.

Kurs jarayonida ishtirokchilar suratga olish, videomontaj va zamonaviy kontent yaratish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Bitiruv marosimi hududda kreativ va media sohalariga qiziqayotgan yoshlar soni ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Mobilografiya maktabi yoshlar uchun yangi g‘oyalar, innovatsion yondashuvlar va media iste’dodlarni kashf etish maydoniga aylanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun