ID-pasportlar tantanali topshirildi

Date:

Konstitutsiya bayrami arafasida Sho‘rchi tumanida 16 yoshga to‘lgan yigit-qizlarga o‘zlarining ilk ID-pasportlari tantanali tarzda topshirildi. Bu nafaqat rasmiy hujjat olish marosimi, balki yoshlar hayotidagi eng muhim bosqichlardan birining boshlanishi bo‘ldi.

ID-pasportini qo‘lga kiritgan Dildora Imomova o‘z hayajonini yashirmay shunday deydi:

“Konstitutsiya bayrami arafasida fuqarolik pasportini qo‘lga kiritganim — men uchun unutilmas baxtdir. O‘zbekiston Respublikasining baxtli fuqarolaridan biri bo‘lish — bu shunchaki hujjat emas, balki yurtga muhabbat, kelajakka ishonch va o‘z o‘rnim borligini his qilish demakdir.”

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi. Sho‘rchi tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari tomonidan yosh fuqarolarga ID-pasportlar bayramona ruhda topshirildi.

Mazkur jarayon yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, ularda Vatan oldidagi mas’uliyat va faxr tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun