Bo‘sh binolarda yangi loyihalar…

Date:

Termiz shahrida bo‘sh bino va maydonlardan samarali foydalanishga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorlar bilan mavjud imkoniyatlar, loyiha jadal amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan masalalar hamda ularning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha fikr almashdi.

Bo‘sh bino va inshootlardan unumli foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy iqtisodiyotga turtki berish va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mas’ullarga tadbirkorlarga amaliy ko‘mak berish, loyihalarni sifatli va samarali amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, shahar hududida turizm va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun