Yangi yilga tayyorgarlik jadallashdi

Date:

Termiz shahrida Yangi yil bayramona muhitini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Markaziy ko‘chalar, bog‘lar, savdo markazlari bayram illyuminatsiyalari va dekorlar bilan bezatilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov shahar bo‘ylab amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Yangi yil archalarini o‘rnatish, “Yashil dunyo” bozorini bezash, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarini kengaytirish hamda Jo‘yjangaldagi saylgohda savdo va xizmat ko‘rsatish maskanlarini tashkil etish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullarga bayram tadbirlarini sifatli tashkil etish, archalarni tez fursatda o‘rnatish va aholiga mo‘ljallangan ko‘ngilochar dasturlar hamda arzonlashtirilgan yarmarkalar faoliyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun