Ehtiyojmand oilalar g‘amxo‘rlik ostida

Date:

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Sherobod tumanining barcha mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. “Qo‘rg‘on” mahallasi faollari ham xonadonlarga tashrif buyurib, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va ehtiyojmand oilalarning turmush sharoiti, muammolari hamda ehtiyojlarini o‘rgandi.

Tashrif chog‘ida zarur ko‘mak choralarini belgilash, tashkilotlarga yetkazilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha murojaatlar tayyorlandi. Shuningdek, aholiga mavjud ijtimoiy yordam turlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur tadbirlar tumanda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash va muhtoj qatlamlarga e’tibor hamda g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun