Halollik — tanlov emas, majburiyat

Date:

Korrupsiya ta’lim sohasiga kirib kelganida, u nafaqat moddiy zarar yetkazadi, balki yoshlarning adolat, halollik va mas’uliyat haqidagi tasavvuriga putur ham yetkazadi.Shuning uchun ham ta’lim sohasi illatlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lmagan tizim. Shu maqsadda viloyatimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida muhim seminar o‘tkazildi. Tadbir ta’lim tizimida halollikni mustahkamlash, xodimlarda korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz qarashni shakllantirish va bu borada profilaktik ishlarni kuchaytirishga qaratildi.
Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig‘i Shahobiddin Jo‘raboyev hamda qator tashkilot va idoralar xodimlari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Tuman va shahar bo‘limlari esa ZOOM platformasi orqali muloqotga qo‘shildi.
So‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari, ichki me’yoriy hujjatlar, mavjud qonunchilik va xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish zaruriyati haqida batafsil tushuntirdilar. Gap faqatgina huquqbuzarlikning oldini olishda emas, balki ta’lim tizimining obro‘si va kelajak avlodning taqdirida ham muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish, ularni adolatli jamiyat quruvchisi sifatida tarbiyalash bo‘yicha tashkilotlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi bildirildi.
Seminar davomida korrupsion harakatlarning oqibatlari aks ettirilgan videorolik namoyish etildi. Unda nafaqat qonuniy javobgarlik, balki korrupsiyaning inson hayoti, obro‘si va kelajagiga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi real misollar orqali ko‘rsatildi.
Seminar shunchaki rasmiy yig‘ilish emas, balki ta’lim tizimida yangi yondashuv — korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabat madaniyatini shakllantirish sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Albatta, halollik — bugungi kun uchun tanlov emas, u kelajak avlod oldidagi burchdir.

Dildora MUSAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun