QVZ — nafaqat hazil, balki fikrlash, muloqot qilish va jamoa bo‘lib ishlashni talab qiladigan sahna maktabi. Shu bois, musobaqa talabalarning iste’dodi, topqirligi va sahnadagi erkinligini yaqqol namoyon etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Termiz davlat universiteti — 1-o‘rinni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa talabalarga nafaqat quvonch ulashdi, balki erkin fikrlash, ishonch bilan sahnaga chiqish, jamoa bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamladi. G‘olib jamoalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi, barcha ishtirokchilar esa unutilmas taassurotlar va yangi motivatsiya bilan musobaqani yakunladilar.

