Nazariyadan amaliyotgacha…

Date:

Yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish masalasi hududlarda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda professional ta’lim tizimida qator amaliy loyihalar joriy etilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida ushbu yo‘nalishdagi ishlar holatini o‘rgandi. Jumladan, Muzrabot tumani politexnikumida yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan namunaviy loyiha doirasidagi o‘quv jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan ustaxonalarda olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Viloyat rahbari politexnikumda yoshlar bilan muloqot qildi. Suhbat davomida yoshlarning qiziqishlari, o‘qish va mutaxassislikka bo‘lgan ehtiyojlari, kelajak rejalari tinglandi. Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, har bir yosh uchun individual reja shakllantirish, zarur resurslar ajratish, ularni muvofiq o‘quv kurslariga yo‘naltirish, mavjud ijtimoiy muammolarini hal etishda tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun