Hokim sportchilar bilan uchrashdi

Date:

Yurtimizda sportni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni yuqori darajadagi musobaqalarga tayyorlash maqsadida olimpiya sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarini o‘tkazish hamda uning respublika final bosqichi “Prezident olimpiadasi” sifatida o‘tkazilishi belgilangan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrifi davomida Sport maktabida “Prezident olimpiadasi”da ishtirok etuvchi voha sportchilari va ularning murabbiylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda sportchilarning musobaqaga tayyorgarligi, jismoniy holati, ruhiy barqarorligi va ularning ishtirokiga bo‘lgan ishonchi haqida fikr almashildi. Murabbiylarga mashg‘ulotlarni yanada takomillashtirish, sportchilarning individual imkoniyatlarini oshirish hamda musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Sport maktabidagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va jihozlarni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Uchrashuv yakunida viloyat rahbari sportchilarga omad tilab, ularning viloyat sharafini munosib himoya qilishiga ishonch bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun