Para dzyudochilar tatamida

Date:

Surxondaryo viloyatida para dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida viloyat birinchiligi musobaqasi keng ishtirok bilan tashkil etildi. Musobaqada adaptiv sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan 70 nafar para dzyudochi tatamiga chiqdi.

Bahslar yuqori raqobat, irodaviy kurash va sportchilik ruhida o‘tdi. Yakunda 45 nafar ishtirokchi respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor sportchilar medal hamda diplomlar bilan taqdirlanib, ularning mehnati va matonati e’tirof etildi. Bu musobaqa hududda adaptiv sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun