53 nafar “Mehnat faxriysi”ga nishoni topshirildi

Date:

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash va mehnatkashlarning munosib xizmatini e’tirof etish doimiy tarzda davom etmoqda. Shu maqsadda Prezidentimizning qaroriga asosan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni har yili turli sohalarda samarali mehnat qilgan nuroniylar va faxriylar uchun ta’sis etilgan.

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida 53 nafar mehnat faxriysi ushbu yuksak mukofotga loyiq deb topildi. Viloyat hokimligida keng jamoatchilik ishtirokida ko‘krak nishonlari va pul mukofotlari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev mukofotlarni egalariga topshirib, samimiy tabriklarini izhor qildilar. Taqdirlash jarayonida nuroniylarning el-yurtimiz ravnaqiga qo‘shgan hissasi, boy hayotiy tajribasi va yoshlar uchun ibratli faoliyati alohida e’tirof etildi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yillarda viloyatda jami 461 nafar faxriy ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun