130 ming fuqaroga 130 milliard so‘m

Date:

Yurtimizda isitish mavsumi oldidan ehtiyojmandlarga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida Prezident qaroriga asosan aholiga 1 million so‘mdan bir martalik moddiy yordam tarqatildi. Surxondaryo viloyatida 130 mingdan ortiq fuqaro ushbu yordamni qabul qilib oldi va bu jarayon uchun 130 milliard so‘m yo‘naltirildi.

Mahallalarda ijtimoiy xodimlar yordam pullaridan maqsadli foydalanish, ayniqsa, gazlashmagan hududlarda yonilg‘i mahsulotlarini vaqtida jamg‘arish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

— Termiz tumanida esa 4 671 ta oilaga moddiy yordam tayinlangan. Nogironligi bo‘lgan fuqarolar — Matluba Yo‘ldosheva va G‘afforjon Mirkomilov — ajratilgan mablag‘dan tejamkor foydalanib, energiya sarfini kamaytirish va yonilg‘idan samarali foydalanish choralarini ko‘rmoqda.

Shuningdek, tumanda tabiiy gaz bo‘lmagan hududlarda aholiga ko‘mir xaridi uchun shartnomalar berilmoqda.

Kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni reja asosida davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun