Hamkorlik memorandumi imzolandi

Date:

Bugungi kunda fuqarolarning ong-u tafakkurini oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarda favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishda ijod ahlining o‘rni beqiyos. Shu maqsadda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tantanali tadbirda har ikki tashkilot vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda yosh ijodkorlar ishtirok etdilar. Memorandumning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi, gaz va is g‘azidan zaxarlanish, suv toshqinlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ma’rifiy-ijodiy ishlarni birgalikda amalga oshirishdan iborat.

Shuningdek, kelishuv doirasida ijodkorlar ishtirokida “Qutqaruvchilar — hayot posbonlari”, “Ogohlik — xalokatdan asraydi”, “Tabiat va inson hamjihatligi” kabi mavzularda maqolalar, she’rlar va hikoyalar yozish, ularni ommaviy axborot vositalarida chop etish rejalashtirilgan. Bu orqali jamoatchilik orasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ongida mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Tadbir yakunida hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi.

Zulfiya Sohibova,

Surxondaryo viloyati FVB axborot

xizmati yetakchi mutaxassisi                        

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun