Taqdimot qizg‘in o‘tdi

Date:

Surxondaryo viloyatida yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanidagi Agrotexnologiyalar texnikumida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan tanishdi va yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi. Mutasaddilarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘qitishni samarali tashkil etish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, texnikum hovlisida yosh tadbirkorlarning startap loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yoshlar o‘z g‘oyalarini namoyish etib, mutaxassislar tomonidan loyihalarni takomillashtirish va bozor talablariga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

Tadbir yakunida har bir yosh bilan individual ishlash va ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun