KPI asosida baholanadi

Date:

2025-yil 28-oktyabrda Adliya vazirligi tomonidan “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar (KPI) asosida baholash tartibi” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur tartibga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklaridagi davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallagan xodimlarning ish samaradorligi aniq, o‘lchanadigan va erishish mumkin bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar asosida baholanadi.

Baholash jarayoni maxsus “samardorlik.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu tizim hokimliklarda ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, xodimlarning ish samaradorligini oshirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun