Eshiklar ochiq

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Termiz shahar politexnikumi, Muzrabot tuman politexnikumi, Jarqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumi hamda universitet huzuridagi akademik litsey bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni doirasida ekskursiya va informatsion ma’ruza tashkil etildi. Muhandislik va agrotexnologiyalar sohasiga qiziqishi baland bo‘lgan o‘quvchilar o‘z o‘qituvchilari hamrohligida universitetga tashrif buyurib, ularni qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga universitetning ilmiy salohiyati, talabalar hayoti, o‘quv jarayoni hamda zamonaviy laboratoriyalar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlar uchun o‘quv xonalari, ARM, “Registrator ofisi”, o‘quv va amaliyot laboratoriyalari, robototexnika xonasi va “Adiblar xiyoboni”ga ekskursiya tashkil etildi. Yoshlar universitet va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan mamnun bo‘ldilar. Uchrashuv yakunida yosh, intiluvchan va soha­ga qiziq­uvchan o‘quvchilarning kelgusi o‘quv yilida TDMAUning katta va do‘stona jamoasiga qo‘shilishlariga umid bildirildi.

Oldingi sahifaVazifalar belgilandi
Keyingi sahifaIlm va inson kamoloti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun