IJTIMOIY, BADIIY VA SIMVOLIK TALQIN

Date:

Inson sivilizatsiyasi tarixida bronza davri alohida o‘rin tutadi. Aynan shu davrda metallurgiya taraqqiy etib, insoniyat hayotining ishlab chiqarish, harbiy, madaniy va maishiy sohalarida katta o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrga oid Markaziy Osiyo hududidan topilgan soch to‘g‘nog‘ich muhrlari qadimgi jamiyatlarning san’at, e’tiqod va ijtimoiy munosabatlarini o‘zida mujassam etgan noyob topilmalardandir.

Soch to‘g‘nog‘ich muhrlari ikki funksiyani bajargan: ular sochni mahkamlovchi bezak buyumi bo‘lishi bilan birga, shaxsiy alomat yoki muhr vazifasini ham o‘tagan. Ular bronzadan quyma usulida yasalib, silindrsimon, konussimon yoki shpilkasimon shaklda bo‘lgan. Ustki qismi turli naqshlar, spirallar, hayvon va koinot tasvirlari bilan bezatilgan bo‘lib, bular o‘sha davr kishilarining dunyoqarashi, e’tiqodi va badiiy dididan dalolat beradi.

Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, bunday muhrlar Sapolitepa, Jarqo‘ton, Zamonbob, Muzbular, Qiziltepa kabi yodgorliklardan topilgan. Jarqo‘tonda topilgan ayrim namunalarida qo‘chqor, buqa va arslon tasvirlari uchraydi – bu hayvonlar qadimiy e’tiqodlarda kuch, himoya va hokimiyat timsoli bo‘lgan. Ba’zi muhrlarning o‘rtasida ip o‘tkazish uchun teshik mavjud bo‘lib, ular ko‘p funksiyali buyum sifatida – bezak, marosim anjom yoki shaxsiy nishon sifatida ishlatilgan.

Soch to‘g‘nog‘ich muhrlari jamiyatda shaxsning maqomi, qabilaviy mansubligi va ijtimoiy mavqeini belgilovchi ramz bo‘lgan. Ular nikoh, bayram yoki dafn marosimlarida ham alohida ma’no kasb etgan. Qabrlardan topilgan namunalar esa bu buyumlarning marhum bilan birga dafn etilishi orqali o‘sha davr kishilarining ruhiy va diniy e’tiqodlarini yoritib beradi.

Soch to‘g‘nog‘ich muhrlari bronza davri insonlarining nafaqat texnik mahoratini, balki ularning estetik didi, e’tiqodi va ijtimoiy ongining yuksak darajasini ham namoyon etadi. Ular o‘z davrining “tilsiz hujjati” sifatida qadimiy insonlarning o‘zini ifoda etish, jamiyatda o‘rni va maqomini belgilash istagini aks ettiradi. Shu bois bunday topilmalar bugungi arxeologiya uchun nafaqat moddiy, balki ma’naviy tariximizni anglashda beqiyos manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shahnoza Quvvatova,

Termiz arxeologiya muzeyi yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oltinsoyliklar munosib qatnashdi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga...

Jazo  yetarli  emas

Korrupsiya jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning qonuniy...

Murojaat — shikoyat emas, signal

Ba’zan chiqindi tashish xizmati uchun asossiz hisoblangan qarzdorlik, internet...

Himoyaning  yangi  modeli

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash, korrupsiya xavflarini...
KunTun
KunTun