Loyihalar jadallashtiriladi

Date:

O‘zbekiston-Fransiya hamkorligi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi. Mana shunday yaqin munosabatlar doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Ualid Fukning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlarining do‘stona muloqotlari natijasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va investitsiya sohalaridagi aloqalar izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatida fransuz tadbirkorlari va investorlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Elchi janoblari vohamizning boy tarixiy merosiga katta qiziqish bildirar ekan, o‘zbek-fransuz arxeologik ekspeditsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatga tashrif buyurganini ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida fransuz tilini o‘qitishni yanada rivojlantirish, arxeologik tadqiqotlarda Fransiya tajribasidan foydalanish, Surxondaryo muzeylaridagi eksponatlarni Fransiya muzeylarida namoyishini tashkil etish, umumta’lim maktablarida fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish, o‘qituvchilarni Fransiyada malaka oshirishga jalb qilish hamda Fransiya ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha aniq rejalarni belgilab oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun