Yangi o‘quv markazlari tashkil etiladi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev rahbarligida innovatsion rivojlanish va texnologik yangilanishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar hamda talabalar ishtirok etib, zamonaviy texnologiyalarni agrar va sanoat sohalariga joriy etish bo‘yicha ilg‘or loyihalar taqdim etildi.
Seminar davomida o‘simliklarni avtomatik sug‘oruvchi “Smart sug‘orish” tizimi, xavf-xatar holatlarini aniqlab, signal beruvchi robot, elektr tarmoqlaridagi kuchlanishni nazorat qiluvchi aqlli qurilmalar, quyosh energiyasida ishlovchi issiqxona hamda avtomatlashtirilgan agrodron loyihalari muhokama qilindi. Ushbu g‘oyalar nafaqat o‘quv jarayonining amaliy yo‘nalishini kengaytiradi, balki viloyat va mamlakat miqyosida qishloq xo‘jaligi, energetika va xavfsizlik sohalarida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Seminar yakunida Robototexnika va Sun’iy intellekt o‘quv markazlarini tashkil etish tashabbusi ilgari surilib, bu g‘oya ishtirokchilar tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur markazlar talabalarga zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish, sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkonini beradi. Shu orqali yoshlar raqamli iqtisodiyot va innovatsion muhitda faol ishtirok etish, o‘z startap va ilmiy loyihalarini yaratish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun