Hokim Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Date:

Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda qator xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan loyihalarni amalga oshirishga doir amaliy qadamlar tashlanmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiyaning “Gruppa Poliplastik” kompaniyasi vakillari — Boris Krimov va Roman Umanskiyni qabul qildi. Uchrashuvda tadbirkor, “Angor Surxon G‘ururi” MCHJ ta’sischisi Sherzod Alimov ham ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida ichimlik suvi ta’minoti, kanalizatsiya va sug‘orish tizimlari uchun polimer quvurlar va fitinglar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va mahalliylashtirish dasturlarini amalga oshirish, mahalliy kadrlar malakasini oshirish va texnologiyalar transferi orqali o‘zaro tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yakunda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi va kelgusidagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun