Tarbiyalanuvchilar uchun avtobus ajratildi

Date:

Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratildi. Bu avtobus Boysun tumanidagi 15-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga xizmat qiladi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur avtobus vazirlik tomonidan ajratilgan.

“Toʻda” mahallasidagi bolalar ilgari bogʻchagacha 8-10 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtishar, qishda loy yoʻllarda qiynalishar edi. Uzoqlik sabab ayrim ota-onalar farzandlarini bogʻchaga yubora olmasdi. Endilikda esa bolalar har kuni ertalab tarbiyachilar hamrohligida xavfsiz avtobusda bogʻchaga borishadi va mashgʻulotlar yakunida bexavotir uylariga qaytishadi.

Bu tashabbus nafaqat bolalar xavfsizligini, balki ota-onalar uchun qulaylikni ham taʼminlamoqda. Eng muhimi — maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi oshmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun