Musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi

Date:

O‘zbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida “O‘zbekiston musiqa terapiya assotsiatsiyasi” jamoat birlashmasi tashkil etilmoqda.
Mazkur tashabbus Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston milliy musiqa san’ati instituti (O‘zMMSI) tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, institut rektori v.b. Eldor Shermanov hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi Kamoliddin Ishanxo‘jayev o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida bu masala atroflicha muhokama qilindi.
Muloqotda musiqa terapiyasining ijtimoiy-madaniy ahamiyati, uni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari hamda nodavlat sektor bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur tashabbus sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyat va san’at yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun