Maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Date:

Prezidentning 2025-yil 4-oktabrdagi PF–180-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan chet el fuqarolari uchun daromadlarni soliqqa tortishning maxsus soliq rejimi joriy etiladi.

Unga ko‘ra, quyidagi shartlarga javob beruvchi chet el fuqarolarining O‘zbekiston hududidan tashqarida olingan daromadlari daromad solig‘idan ozod etiladi:

50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;

O‘zbekistondagi vakolatli tijorat bankida hisobvaraqqa yoki vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish.

Shuningdek, ketma-ket 12 oylik davrda jami 30 kundan ortiq O‘zbekistonda bo‘lgan va mamlakat hududida turar joy ko‘chmas mulkiga ega chet el fuqarolari O‘zbekiston soliq rezidentlari sifatida e’tirof etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun