Sun’iy intellekt va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida muhim hamkorlik…

Date:

Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, ta’lim sohasida zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etish, yoshlar ongiga ilg‘or g‘oyalarni singdirish va ularni zamon talabiga mos mutaxassis sifatida tayyorlashda axborot texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir.

Shu maqsadda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Timur Ismoilov va Termiz davlat universiteti rektori professor Abuqodir Toshqulovlar o‘rtasida “Axborot texnologiyalari, ta’lim, psixologik, ijtimoiy hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik”ni ko‘zda tutuvchi Memorandum imzolandi.

Mazkur hamkorlik hujjati amaldagi qonunchilik asosida ishlab chiqilib, ikki tomon o‘rtasida uzviy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘quv-amaliy jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish, shuningdek, huquq-tartibot idoralari xodimlari hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishni maqsad qiladi.

Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikda amaliy ishlarni olib borish ko‘zda tutilgan:

axborot texnologiyalari va sohada sun’iy intellektni joriy etish yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi va universitet o‘rtasida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish;

katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb qilgan holda zamonaviy psixologik yondashuvlar, ilmiy asoslangan psixokorreksiya va reabilitatsiya usullarini joriy qilish orqali aholining ayrim toifalari bilan tizimli ishlash va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa sohalarni o‘z ichiga oladi.

Bu hamkorlik nafaqat ikki muassasa faoliyatini, balki butun viloyatdagi ta’lim va huquq-tartibot sohasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi hamda kelgusida amaliy natijalar berishiga ishonch bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun