“Ekraz”da yangi bog‘cha

Date:

Prezidentimizning hududlarni, jumladan, Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlari ijrosi doirasida viloyatda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida videokonferensaloqa shaklida bir qator yangi obyektlar foydalanishga topshirildi. Xusuan, Oltinsoy tumani, “Ekraz” mahallasida 60 o‘rinli 18-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining  yangi  binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Bahrom Maxmatrayemov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Umidullo Xudoyberdiyev, mahalla faollari, sohaga mas’ul mutasaddilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Endilikda ushbu hududdagi bolajonlar ham zamonaviy muhitda tarbiyalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviyat karvoni yo‘lda

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni”...

Zamonaviylik sari…

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda....

 “Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini...

Hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida...
KunTun
KunTun