Xitoy investorlari Boysunda

Date:

Boysun tumaniga tashrif buyurgan Xitoy investorlari energetika va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi. Ular tumanning Machay hududida bo‘lib, mavjud imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar bilan yaqindan tanishishdi.

Tuman hokimi Bahodir Shukurov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda hududning tabiiy resurslari, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro fikr almashib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va shu orqali mahalliy aholiga yangi ish o‘rinlari taqdim etish bo‘yicha kelishib olishdi.

Xitoylik investorlarning tashrifi Boysun tumanida iqtisodiy rivojlanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun