Termizda “HARVARD” xususiy maktabi ochildi

Date:

Termiz shahrining “Ma’rifat” mahallasida zamonaviy sharoitlarga ega, ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilgan “HARVARD” xususiy maktabi o‘z faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev so‘zga chiqib, mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimida xususiy maktablarning o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, bunday muassasalar davlat maktablariga munosib hamkor bo‘lib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirmoqda.

310 o‘quvchiga mo‘ljallangan mazkur ta’lim maskanida darslar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi, o‘quvchilar uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Shu tariqa, Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan xususiy maktablar soni 10 taga yetdi. Bu esa viloyatda ta’lim imkoniyatlari kengayib, ota-onalar va o‘quvchilar uchun yanada ko‘proq tanlov yaratilayotganidan dalolat beradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...

Yangi imkoniyatlar yaratiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Denov tumaniga tashrifi davomida...
KunTun
KunTun