Qulay va xavfsiz

Date:

Boysun tumanida aholi uchun muhim bo‘lgan yangi ko‘prik qurib bitkazildi. Inshoot “Sayrob” mahallasini Obgir qishlog‘i bilan bog‘lab, mahalliy aholiga qulay va xavfsiz transport yo‘lini ta’minlaydi. Qurilish jarayonida seldan himoya qiluvchi beton to‘siqlar o‘rnatildi, shuningdek, 287 metr masofaga asfalt yotqizildi.

Ko‘prikning foydalanishga topshirilishi natijasida hududlararo aloqalar yaxshilanadi, transport harakati yengillashadi va aholining turmush darajasi ko‘tariladi. Mahalla faollari ta’kidlaganidek, endilikda sel oqibatida yo‘l uzilishi, bolalarning maktabga qatnashda qiynalishi kabi muammolar ortda qoladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun