Haydash hujjatsiz, qolmas javobsiz

Date:

O‘zbekistonda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab hujjatsiz skuter va moped haydovchilariga nisbatan jarima qo‘llash amaliyoti boshlandi.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi qaroriga asosan joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra elektromotosikl, moped va skuterlar uchun alohida davlat raqam belgilari joriy qilindi. Ushbu transport vositalari YHXXning ro‘yxatga olish va imtihon bo‘linmalarida majburiy tarzda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

Qoidalarga ko‘ra, dvigatel hajmi 25 sm³ dan 50 sm³ gacha bo‘lgan, elektr dvigatel quvvati 0,25 kVt dan 4 kVt gacha, maksimal tezligi esa 25–50 km/soat bo‘lgan moped va skuterlar ro‘yxatga olinishi shart.

Mototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori 1,5 BHM (618 ming so‘m) etib belgilangan. Shuningdek, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab moped va skuter haydovchilarida “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lishi majburiydir.

Yangi tartib yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash, transport vositalaridan tartibli foydalanish va noqonuniy haydovchilikka chek qo‘yishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun