Xalqaro hamkorlik yo‘lida

Date:

Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov tashabbusi bilan xorijiy investorlar, sanoat vakillari va yirik kompaniyalar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, hokimlikda Indoneziyaning “Textile Machinery & Construction” kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya tekstil sanoati uchun zamonaviy uskunalar ishlab chiqarish, qurilish sohasida texnologiyalarni joriy etish va yangi texnik yechimlar taklif etish bo‘yicha xalqaro miqyosda faoliyat yuritadi. Kompaniya rahbari Jaemoon Kim hamkorlik istiqbollari haqida o‘z fikrlarini bildirib, Denov tumanidagi sanoat salohiyatini yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, tekstil va qurilish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash orqali Denov tumani o‘zining iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi bozorlarni egallash va aholiga munosib turmush sharoiti yaratishda izchil harakat qilmoqda.

Oldingi sahifaONA VA OʻGʻIL
Keyingi sahifaSinada sayl qizgʻin oʻtdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun