Sinada sayl qizgʻin oʻtdi

Date:

Nomi tillarda doston Sina turizm qishlog‘i go‘zal tog‘ manzaralari va osoyishta muhiti bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi. Bu yerda milliy taomlardan bahramand bo‘lish va tabiat bilan uyg‘unlikda hordiq chiqarish imkoniyati mavjud. Ayniqsa, bu yerlik aholi nonvoylik, somsa va boshqa taomlar tayyorlash sirlarini puxta o‘zlashtirgan.Shu sababdan ham doimiy ravishda “Sina” milliy taomlar sayli oʻtkazib kelinadi.

Sayl doirasida viloyatimiz shahar va tumanlarining milliy uslubda bezatilgan pavilonlari tashkil etilib, o‘ziga xos tansiq taomlar ko‘rgazmasi hamda ularni tayyorlash jarayonlari, udum va an’analar namoyish qilindi.

Shuningdek, folklor-etnografik jamoalar va yosh san’atkorlarning chiqishlari, an’anaviy xalq o‘yinlari musobaqalari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Sayl yakunida “Eng yaxshi taom”, “Eng yaxshi oshpaz” va “Eng ko‘p milliy taom tayyorlagan oshpaz” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, diplom, statuetka hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun