Tashqi internet kanallariga ulanishga ruxsat berildi

Date:

Oʻzbekistonda xususiy telekommunikatsiya operatorlariga tajriba tariqasida 2030-yilgacha xalqaro internet kanallarga ulanishga ruxsat berildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 18-sentyabrdagi «Telekommunikatsiya bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirish va raqobat muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida (.pdf) nazarda tutilgan.

Hujjatga koʻra, mamlakatda mobil yoki simli tarmoqlarga ega boʻlgan, biroq xalqaro internet tarmoqlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanish huquqiga ega boʻlmagan telekommunikatsiya operatorlariga 2030-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida shunday huquq beriladi.

Hukumat, shuningdek, xalqaro internet tarmoqlariga ulanish huquqini olishni istagan telekommunikatsiya operatorlari uchun vaqtinchalik talablar va shartlarni tasdiqladi. Jumladan, ulanishni Xalqaro internet tarmoqlariga ulanish markazlari (XITUM) orqali amalga oshirish, mamlakat hududining kamida 50 foizini qamrab olgan magistral optik tolali tarmoqlarga, shuningdek, oʻz telekommunikatsiya infratuzilmasiga ega boʻlishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun