Muammolarga yechim bormi?

Date:

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasida TerDUda “Eco-innovations-2025” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 50 dan ortiq iqtidorli talabalar ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalari bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish loyihalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalari, innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar loyihalari saralandi. Ko‘rgazma yakunida g‘olib deb topilgan istiqbolli loyihalar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Bunday tanlovlar talabalarning ilmiy loyihalarini tijoratlashtirishga, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun