Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi hamda ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash, zarur zaxiralarni yaratish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida aniq choralar belgilab olinmoqda.

Shu bilan birga, mavsum davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mamlakatimizda 15-sentabrdan 15-oktabrgacha “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur kampaniya va mavsumiy tayyorgarlik ishlari doirasida Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalarining shayligini oshirishga qaratilgan saf tadbirlari ham tashkil etildi. Tadbir Surxondaryo viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Ulug‘bek Qosimov rahbarligida, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, FVDqT kuch tuzilmalari xodimlari, yoshlar va faollar ishtirokida o‘tkazildi. Shuningdek, shahar va tuman mutasaddilari videokonferensaloqa orqali jarayonga ulanib, maxsus texnikalar jalb etildi.

Viloyat hokimi yig‘ilish davomida hududlar va tarmoqlar kesimida kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish, uzilishlarning oldini olish hamda zarur materiallar zaxirasini yaratish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, “Yong‘indan ogohlik” kampaniyasi doirasida ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari va yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan inshootlarni xatlovdan o‘tkazish hamda zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

Bundan tashqari, barcha hududlarda, mahalla va ko‘chalarda kuzgi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, tozalik va tartibni ta’minlash yuzasidan ham tegishli vazifalar qo‘yildi.

Oldingi sahifaHazmi taom
Keyingi sahifaAvtobusda…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun