Ustozi AQShdan

Date:

Termiz davlat universitetida AQSh elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili boʻlimi (RELO) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rasmiy uchrashuv davomida AQSh elchixonasi bilan amalga oshirilgan loyihalarga toʻxtab oʻtildi va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

2025–2026-o‘quv yilida universitetimizda “English Language Fellow” dasturi doirasida faoliyat olib boruvchi Kinsey Norton xonim rahbariyat, xorijiy filologiya fakulteti jamoasi talabalarga tanishtirildi va davra suhbati oʻtkazildi.

Kinsey Norton shu vaqtga qadar AQSh, Litva, Rossiya va Qirgʻiziston ta’lim dargohlarida ingliz tili boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini olib borgan.  “Universitetingiz talabalari bilan ularning ingliz tili, ayniqsa, gapirish va yozish koʻnikmalari ustida ishlashni niyat qilganman. Oʻylaymanki, fakultet jamoasi ham meni yaxshi qabul qiladi, yuqori natijalarni birgalikda qayd etamiz. Shuningdek, talabalarni oʻzim tashkil etadigan “Speaking Club”ga taklif etaman”, – deya ta’kidladi Kinsey Norton.

Ma’lumot oʻrnida, elchixona tomonidan yuborilgan ETA dasturi boʻyicha AQShlik mutaxassis Christopher Cowan 2021-2022-oʻquv yilida universitetda faoliyat olib borgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun