“Yoshlar oqshomi” — ilhom kechasi

Date:

Termiz davlat universiteti talabalar turar joyida navbatdagi “Yoshlar oqshomi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga mehmon sifatida taniqli so‘z ustasi, qiziqchi va xonanda, vohadoshimiz Olim O‘rozov (Olim aka) tashrif buyurdi.

Dastur davomida mehmonning san’at haqidagi hayotiy qarashlari, improvizatsiyali chiqishlari va jonli ijrolari talabalarni yanada ruhlantirdi. Olim akaning sahnadagi samimiyligi, o‘ziga xos hazil-mutoyibalari va badiiy mahorati yoshlarga iliq kayfiyat ulashdi. Ustoz ijodkorning serqirra faoliyati bilan yaqindan tanishgan talabalar bu uchrashuvni san’atning go‘zalligi, ijodiy ilhom va unutilmas taassurotlarga boy kecha sifatida eslab qoladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun