GIZ bilan hamkorlikda

Date:

Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistondagi afgʻonlarni jalb etgan holda Termiz shahrida tibbiy taʼlim va malaka oshirish dasturlarini modernizatsiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida “Akusherlikda simulyatsion taʼlim” mavzusida trening tashkil etildi.

Viloyatimizdagi akusherlik bo‘yicha yetakchi o‘qituvchilar uchun bo‘lib o‘tgan 72 soatlik trening mashg‘ulotlarni murabbiylar Ludwigshafen biznes va jamiyat universiteti Akusherlik professori, PhD Mixaela Mishel-Shuldt hamda Rejalashtirish mutaxassisi, Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish bo‘limi vakili Ina Hammesfahrlr o‘tdilar.

Zamonaviy simulyatsion usullar orqali akusherlik sohasidagi malaka va ko‘nikmalarni oshirish, pedagogik tajribani boyitish va tibbiy taʼlimni modernizatsiya qilishni maqsad qilgan trening har jihatda soha vakillari uchun foydali va qiziqarli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun