“MyGov” ma’lumotlari qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi

Date:

Prezidentning 8-sentabr kuni imzolangan PF–157-son farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (MyGov) jismoniy shaxslarning shaxsiy kabinetida saqlanadigan ma’lumotlar qog‘oz shakliga tenglashtiriladi. Endilikda davlat organlari va tashkilotlari fuqarolardan ushbu ma’lumotlarning qog‘oz nusxasini talab qila olmaydi.

Shu bilan birga, 1-noyabrdan boshlab davlat xizmatlari markazlarida pensionerlar, homilador ayollar va 3 yoshgacha bolasi bilan kelgan fuqarolar navbatsiz xizmat olish huquqiga ega bo‘ladi. Shaxsni aniqlash jarayonida yagona identifikatsiya tizimidan tashqari Face ID orqali biometrik identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, davlat xizmatlari markazlari Yagona portal orqali joriy etilgan barcha xizmatlarni aholiga va tadbirkorlarga ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘ladi.

Mazkur yangiliklar fuqarolarga qulaylik yaratish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va raqamli davlat xizmatlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun