Muvaffaqiyat sari…

Date:

Shoʻrchi tumani, “Yakkabogʻ” mahallasida yashovchi Shahodat Shaymardonova o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalandi. U Yoshlar banki orqali imtiyozli kredit olib, o‘z orzusini ro‘yobga chiqardi va kurkachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, muvaffaqiyatli tadbirkorga aylandi.

Kurkachilik bugungi kunda qishloq xo‘jaligining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kurkalar go‘shtining yuqori sifatli va parhezbopligi, tez bozorga chiqarilishi, shuningdek, parvarishlashning nisbatan qulayligi yosh tadbirkorlar uchun foydali imkoniyatlar eshigini ochadi. Shahodat Shaymardonova ham shu yo‘nalishni tanlab, oilasiga mustahkam daromad manbai yaratishga, qolaversa, mahalladoshlariga ham ibrat bo‘lishga erishdi.

Uning sa’y-harakatlari nafaqat shaxsiy hayotida, balki jamiyatda ham muhim o‘rin tutmoqda. Chunki yoshlarning o‘z tadbirkorligini boshlashi, yangi ish o‘rinlarini yaratishi va iqtisodiy rivojga hissa qo‘shishi — yurtimiz kelajagi uchun katta ahamiyat kasb etadi.Shahodat Shaymardonovaning tashabbusi shuni ko‘rsatadiki, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalangan har bir inson o‘z hayotida ulkan natijalarga erisha oladi. Uning kurkachilikdagi yutuqlari esa tengdoshlariga kuchli ibrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Oldingi sahifaGIZ bilan hamkorlikda
Keyingi sahifaFaoliyati tiklanmoqda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun